Toshkentdagi prezident maktabi yomg‘ir suvini kundalik foydalanish uchun qayta ishlash loyihasi bilan Zayed Sustainability Prize mukofotining “Global o‘rta maktablar” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Loyihani amalga oshirish uchun pul mukofoti — 150 ming dollar. G‘oliblarni Shavkat Mirziyoyev ham tabrikladi.
Jizzax viloyatida prezident maktabi ochildi. Maktabga 10 000 nafar nomzod orasidan 144 nafar o‘quvchi qabul qilindi. Ushbu maktab 70,7 mlrd so‘m evaziga davlat budjeti hisobidan qurilgan.
2021−2022 o‘quv yilidan prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilinadi.
2021-yilgi davlat dasturida 31 ta yangi maktab qurish hamda 320 ta maktabni ta’mirlash ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Andijon, Nurafshon, Guliston, Navoiy va Termiz shaharlarida Prezident maktablari qurilishi rejalashtirilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting